Blog

  • Biz haqimizda

    “Yashil iqtisodiyot va muhandislik” — fan-texnika, ta’lim, iqtisodiyot innovatsiyalariga oid ilmiy-amaliy, tahliliy veb sayti hisoblanadi.

    Veb sayt oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi Qonunning 11-moddasi, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonun, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Qonun, “Axborot olish kafolatlari va erkinliklari toʻgʻrisida”gi Qonun, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonun, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda tahririyat nizomiga muvofiq amalga oshiriladi.

    Ommaviy axborot vositasining muassisi — “TADBIRKOR VA ISHBILARMON” MChJ hisoblanadi.

    Ommaviy axborot vositasining turi: veb sayt — yashil-iqtisodiyot-va-muhandislik.uz.

    Ommaviy axborot vositasining nomi: “YASHIL IQTISODIYOT VA MUHANDISLIK”.

    Ommaviy axborot vositasining tili: o‘zbek, rus, ingliz.

    Ommaviy axborot vositasining maqsad va vazifalari:

    Mazkur veb sayt jamiyat va davlatning institutsional rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim kommunikatsiya platformalaridan biri bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarni yoritishga qaratilgan: ilm-fan va ta’lim, yashil iqtisodiyot, yashil energetika, yashil buxgalteriya, yashil makon va ilg‘or muhandislik, texnika innovatsiyalari, industrial sanoat tarmoqlarini kengaytirish, investitsiyalarni samarali boshqarish, kichik biznes, tadbirkorlik, kooperatsiyalar, klasterlarni kengaytirishga doir davlat tomonidan olib borilayotgan ulkan konstruktiv, pragmatik islohotlar va tadqiqotlarni keng ommaga yetkazish.

    OAVning asosiy yo‘nalishlaridan biri — qishloq xo‘jaligi va agrar sektor, shuningdek, xususiy biznes sohasida tatbiq qilinayotgan innovatsion ilmiy-amaliy ishlanmalarni tahlil qilish va ommaga taqdim etishdir. Xususan, qo‘shimcha qiymat yaratuvchi texnologiyalar, loyihalar, qo‘shma dasturlar, ilmiy tadqiqotlar va ularning real sektor tarmoqlarida qo‘llanilishi bo‘yicha chuqur tahlillar olib boriladi.

    Bundan tashqari, veb-sayt turli analitik dasturlar va maxsus multimedia loyihalarini ishlab chiqib, ularni auditoriyaga yetkazish orqali axborot tarqatish sifatini oshirishga qaratilgan. Sayt foydalanuvchilarga ilmiy maqolalar, ekspert sharhlari va innovatsion g‘oyalar asosida tayyorlangan kontentlarni taqdim etish orqali iqtisodiy va texnologik jarayonlarga oid chuqur bilim berishni maqsad qiladi.

    Shu bilan birga, OAV orqali olib borilayotgan tadqiqotlar natijalari va ilg‘or tajribalar bo‘yicha maxsus dasturlar tayyorlanib, efirga uzatiladi. Bu esa milliy iqtisodiyotning turli jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini keng jamoatchilikka yetkazish imkonini beradi.

    Mazkur ommaviy axborot vositasi zamonaviy media texnologiyalaridan foydalangan holda, ilmiy, iqtisodiy va texnologik rivojlanishning dolzarb masalalarini yoritish orqali jamiyatning innovatsion taraqqiyotiga xizmat qiladi.

    Ommaviy axborot vositasining maqsadi va ixtisoslashuvi: veb-sayt yashil iqtisodiyot va muhandislik sohasida ilmiy izlanish olib boruvchi tadqiqotchilar, olimlar, professor-o‘qituvchilar, malakali muhandis mutaxassislar, tadbirkorlar, investorlar va boshqa soha mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.

    Ommaviy axborot vositasining davriyligi: har oy (muntazam dasturlar haftalik, talabga qarab kunlik faoliyat yuritishi mumkin).

    Ommaviy axborot vositasining manzili: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 15-mavze, 19-uy, 9-xonadon.

    Tarqatilish hududi: O‘zbekiston Respublikasi.